Xonanda Kamillaning yangi taronasiga 3D formatda klip suratga olindi
Yosh ijodkor Kamilla o‘zining "Illyuziya" deb nomlangan rus tilidagi taronasi orqali ko‘pchilikning e'tiborini o‘ziga qaratdi. Shu kunlarda xonanda o‘zbek tilidagi "Endi sevmaganday" qushig‘iga ishlangan to‘liq animatsion klipini ommaga namoyish etdi.
Klip 3D formatida «Pomidor entertainment» prodyuserlik markazida tayyorlandi. Klipni tayyorlash jarayoni 3 oy davom etdi.
Klipdagi bosh qaxramon Kamillaning o‘zidan chizib olingan.
Kamilla - yosh, ist'yedodli xonanda. Ijodini 4 yoshidan Toshkentdagi "Alladin" estrada guruhidagi chiqishlaridan boshlagan. 2009 yil fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha musiqiy maktabni a'lo baholar bilan tamomlab, Estrada va sirk kollejining "Estrada vokali" fakultetiga o‘qishga kiradi. 2012 yil esa Madaniyat va San'at institutining "Musiqiy teatr aktyori" fakultetida tahsilini davom ettirdi.
2015 yil "Pomidor entertainment" prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolab, bugungi kunda "Kamilla" taxallusi ostida ijod qilmoqda.