Jahon | 07:33 / 15.12.2015
7670
2 daqiqa o‘qiladi

BMTning Insoniyat taraqqiyoti indeksida O‘zbekiston 114-o‘rinni egalladi

ITI 1990 yildan beri muntazam chop etib kelinadi. ITI davlatlar bo‘yicha kutilayotgan umr uzoqligi, ta'limning o‘rtacha va kutilayotgan davomiyligi, xarid qilish qobiliyati bo‘yicha aholi jon boshiga AQSh dollaridagi yalpi ichki mahsulotni o‘z ichiga oluvchi murakkab statistik ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bu reyting, tuzuvchilarining aytishicha, “mamlakatlar aholisining keng ma'noda haqiqiy boyligini namoyish qiladi, tor ma'noda iqtisodiy boyligini ko‘rsatishga qaratilmagan”.
Ushbu reytingga Norvegiya boshchilik qilmoqda: uning ITIsi 0,944 ni tashkil qilmoqda. Yuqori o‘ntalikdan, shuningdek, Avstraliya (0,935), Shveytsariya (0,930), Daniya (0,923), Niderlandiya (0,922), Germaniya (0,916), Irlandiya (0,916), AQSh (0,915), Kanada (0,913) va Yangi Zelandiya (0,913) joy olgan.

Reytingda MDH davlatlaridan eng yuqori 50-o‘rinni Belarus (0,798) va Rossiya (0,798) egalladi. Ulardan keyin 56-o‘rinda Qozog‘iston (0,788), Gruziya – 76 (0,754), Ozarbayjon – 78 (0,751), Ukraina – 81 (0,747), Armaniston – 85 (0,733), Moldova – 107 (0,693), Turkmaniston – 109 (0,688), O‘zbekiston – 114 (0,675), Qirg‘iziston – 120 (0,655), Tojikiston 129-o‘rinni (0,624) egallagan.

Reytingning oxirgi, 180-188-pog‘onalarini Afrika vakillari egalladi: Mozambik (0,416), Serra-Leone (0,413), Gvineya (0,416), Burkina Faso (0,402), Burundi (0,400), Chad (0,392), Eritreya (0,391), Markaziy Afrika Respublikasi (0,350) va Niger (0,348).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish