Jahon | 01:25 / 15.12.2015
6574
1 daqiqa o‘qiladi

Gannibal Kaddafiy Livanda hibsga olindi

Liviyaning halok bo‘lgan yetakchisi Muammar Kaddafiyning o‘g‘li, 40 yildan beri muhojirlikda yashab kelayotgan Gannibal Kaddafiy Livanda hibsga olindi. Bu haqda “An Nahor” gazetasi o‘zining elektron versiyasida ma'lum qilgan.

Manbaning aniqlik kiritishicha, uni hibsga olish to‘g‘risidagi order Livan sudi tomonidan olib borilgan so‘roqlardan so‘ng bergan.

Gannibal 1978 yilda Liviyada g‘oyib bo‘lgan shialar imomi Muso Sadr va uning ikkita hamrohi haqidagi ma'lumotlarni yashirganlikda ayblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish