Texnologiya | 10:21 / 15.12.2015
2239
1 daqiqa o‘qiladi

Jaguar Land Rover Slovakiyada yangi zavod quradi

Jaguar Land Rover Slovakiyada bir milliard funt sterling evaziga (1,5 milliard dollar) yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda. Britaniyaliklar mazkur loyihani sharqiy Yevropadagi ushbu davlat hukumati bilan kelishib olganini bildirmoqda.

Slovakiya g‘arbida joylashgan Nitra shahrida quriladigan zavodda taxminan 2800 nafar kishi mehnat qiladi. Qurilish 2016 yilda boshlanadi, 2018 yil oxirlarida esa konveyerdan birinchi avtomobil chiqadi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 150 ming avtomobilni tashkil etadi, keyinchalik bu ko‘rsatkich yanada oshishi mumkin.
2018 yilda Slovakiyada yangi avlod Land Rover Defender yo‘ltanlamaslarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish