O‘zbekiston | 22:21 / 15.12.2015
7581
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 500 million dollarlik kimyo zavodi quriladi

“O‘zkimyosanoat” Daniyaning Intex Engineering, Italiyaning Smet Balestra va Finlyandiyaning Outotec kompaniyalari bilan 2020 yilgacha murakkab o‘g‘itlarni ishlab chiqarish borasida kelishib oldi. Bu haqda Sputnik nashri "O‘zkimyosanoat"dagi manbasiga asoslanib, xabar bergan.

Loyihaning umumiy qiymati 500 million AQSh dollari bo‘lib, shundan 400 mln dollari xorijiy hamkorlar tomonidan investitsiya qilinadi.

O‘zbekistonda 2015 yilning o‘n oyi davomida 1 million tonna o‘g‘it ishlab chiqilgan, shundan 801,6 ming tonna — azot, 117,4 ming tonna — fosfor va 124,5 ming tonna — kaliyni tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish