Jamiyat | 21:22 / 15.12.2015
2409
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘tgan haftada yong‘inlar oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 245ta yong‘in qayd etilgan.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan va 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Ushbu yong‘inlarda 849 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 983 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi Sh.Nadjimovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uydagi bir dona gilamcha va oyoq kiyimlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.

Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi S.Malikovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 120 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi N.Otabekovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 180 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Ushbu holatlar beparvolik va e'tiborsizlik tufayli sodir bo‘lmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yong‘in xavfsizligi talablarini yoddan chiqarmaslik so‘raladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish