O‘zbekiston | 12:34 / 15.12.2015
20640
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda prezidentlikka nomzodlar uchun to‘planadigan imzolar soni qisqarmoqda

O‘zbekiston prezidenti saylovida nomzodini ilgari surish uchun to‘planadigan imzolar miqdori umumiy saylovchilar sonining 5 foizidan 1 foiziga qadar qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi mamlakatimiz parlamentining qonunchilik (quyi) palatasi matbuot xizmati xabariga asoslanib xabar bermoqda.

“Mazkur normalarni o‘zgartirish uchun qonun loyihasi tayyorlandi, 2016 yil boshida u parlament deputatlari tomonidan ko‘rib chiqiladi”, - ma'lum qildi matbuot-xizmati.
Parlament vakilining qayd etishicha, eng kamida 5 foiz imzolarni to‘plash bo‘yicha amaldagi tartib saylov kampaniyasi jarayonida sezilarli darajada qiyinchiliklar va manbalarni talab qiladi.

Yangi qoidalarning joriy etilishi zarur miqdordagi imzolar sonining 1 milliondan 200 mingtagacha qisqariga olib keladi. Ta'kidlanishicha, mazkur o‘zgarishlar O‘zbekistonda prezident saylovini muntazam ravishda monitoring qilib boruvchi YeXHT missiyasi tavsiyasiga binoan amalga oshirilmoqda.

Yangi qonun loyihasi respublikada prezidentlik saylovini o‘tkazishda “tinchlik kuni” — saylovga bir kun qolganda saylovoldi tashviqotini to‘xtatish amaliyotini joriy etish belgilangan. Bugunga qadar “tinchlik kuni” respublika qonunchiligida faqatgina parlament saylovlari uchun belgilangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish