Jahon | 08:03 / 15.12.2015
3499
1 daqiqa o‘qiladi

Putin 15 dekabrda Kerri va Lavrovni qabul qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 dekabrda AQSh Davlat kotibi Jon Kerrini qabul qiladi. Kerri va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zaro muzokaralar natijalari haqida Putinga ma'lumot berishadi, deb xabar bermoqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Sergey Lavrov va Jon Kerri tashrif oldidan telefon orqali suhbatda Suriya bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilishi oldidan Suriyadagi muxolifat va terrorchilik guruhlari ro‘yxati bo‘yicha kelishuvga kelish zarurligini aytib o‘tishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish