Jahon | 19:03 / 15.12.2015
6037
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyaning 2016 yilgi byudjyetini tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yalpi ichki mahsulotining 3 foizlik defitsiti bilan 2016 yilgi federal byudjyet haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy ma'lumot rasmiy internet-portalida joylashtirildi.

Byudjyet an'anaviy 3 yillik davr o‘rniga faqatgina 2016 yil uchungina qabul qilindi. Yangi byudjyetga ko‘ra, daromadlar 13,738 trln rubl, xarajatlar esa 16,099 trln rubl darajasida rejalashtirilgan. Byudjyet defitsiti 2,36 trln rublni yoki YaIMning 3 foizini tashkil qiladi.

Byudjyet 6,4 foizdan ko‘p bo‘lmagan inflyatsiya darajasi va Urals neft turining bir barreli narxi yillik o‘rtacha 50 dollar bo‘lishini hisobga olib tuzilgan.

2017 yil 1 yanvariga ichki qarzning yuqori chegarasi 8,818 trln rubl, tashqi qarz 55,1 mlrd dollar qilib belgilandi.

Zaxira jamg‘armasining hajmi 2016 yil boshiga 3,4 trln rubl, yil oxiriga 1 trln rubldan sal ko‘proqni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish