Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»ning sobiq direktori jamoadagi muammolar sababini aytdi
Ispaniyaning «Real» klubi sobiq bosh direktori Xorxe Valdano jamoaning ushbu mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlarini keskin tanqid ostiga olib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa ichida futbolchilar va bosh murabbiy Rafael Benites bilan munosabatlar yomonlashgan.
«Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq jamoaga jipslik yetishmadi. Bu tushunarsiz holat. «Real» bu uchrashuvda ruhiy ojiz ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Uchrashuvning birinchi yarmida jamoa o‘zining yaroqsiz o‘yin ko‘rsatishini isbotlab qo‘ydi. Jamoa murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi bo‘shliq uchun tovon to‘lamoqda», deya Valdanoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Cadena Ser.
Bugun «Real» rahbariyati Benitesning o‘rniga jamoani kim boshqarishini hal qilgani haqida xabar berildi.