Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:08 / 15.12.2015
5512
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyaliklarga ikkita pasportga ega bo‘lish huquqi berildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolarga ikkita chet elga chiqish pasportiga ega bo‘lish huquqini beruvchi qonun loyihasini imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.
Ilgariroq qonun Federatsiya kengashi va Davlat Dumasi tomonidan ma'qullangan edi. O‘zgartishlar qonunning chop etilishi bilan kuchga kiradi.
Qonun loyihasi Rossiyaga kirish va u yerdan chiqish tartibigi o‘zgartish kiritishga qaratilgan. Ikkita pasport rossiyaliklar o‘zaro ixtilofdagi mamlakatlarga sayohat qilish imkonini beradi.