Sport | 16:11 / 15.12.2015
11854
2 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidov Xavi jamoadoshlariga qarshi kechgan o‘yinda gol urdi

14 dekabr kuni Qatar Yulduzlar ligasining 13-turidan o‘rin olgan “Al Jaish” – “Al Sadd” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov to‘p tepayotgan “Al Jaish” klubi tarkibida ispaniyalik mashhur Xavi Ernandesdek tajribali futbolchiga ega jamoani 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yindagi gollardan biri hisob "As Sadd" foydasiga 1:2 bo‘lib turganidada aynan Sardor Rashidov tomonidan urildi.

O‘yinning qolgan qismida "Al Jaish" yana ikkita gol urib, g‘alabaga erishdi. Bu g‘alabadan keyin “Al Jaish” turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni aynan "As Sadd"dan tortib oldi.

Rashidov esa 83-daqiqada o‘z o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Qayd etish kerakki, Sardor Rashidov yangi jamoasi safidagi sakkizinchi o‘yinida sakkizinchi golini urdi.

Qatar Yulduzlar ligasi, 13-tur.

“Al Jaish” – “Al Sadd” 4:2

Gollar: Hamdallah (9, 68), SARDOR RAShIDOV (50), Romarino (58) - Hassan Xalid (18), Muriki (33)

“Al Jayish”: N`Diayye, Ali Sanad, Naji Husseyn, Muftah, SARDOR RAShIDOV (Valeyed, 83), Siriqi, Al Jabri, Alashi, Majid Muhammad (Ribeyro, 78), Romarino, Hamdallah (Xashemi, 90)

“Al Sadd”: Al Sheyeb, Ibrohim Majid, Li, Hassan, XAVI, Belxoj (Al Yazidi, 83), Ibrohim Xalfan (Nasser Ibrohim, 70), Assadalla, Muriki, Xalid, Alsenxoji (Blushi).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish