Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sergeli tuman kengashining umumta'lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollej va akademik litsey hamda korxona tashkilot muassasalarining boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yanada jonlantirish masalasiga bag‘ishlangan “Harakatning boshlang‘ich tashkilot faoliyatini samaradorligini oshirish hamda istiqbolliy rejalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda 2015 yil davomida o‘tkazilgan tadbir va loyihalar doirasida hisobot saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda 2016 yil uchun yangi loyihalarni taklif sifatida kiritish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, harakatning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, ular orqali yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yigit-qizlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha qilishini lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.