Jahon | 17:15 / 15.12.2015
3376
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT hukumatlari rahbarlari Xitoyda bir qancha qo‘shma hujjatlarni imzoladi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra Xitoyning Chjenchjou shahrida (Xenan viloyati) o‘rtada bir qancha qo‘shma hujjatlar imzolandi.

ShHT rasmiy saytining xabar berishicha, tashkilotga a'zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari tegishli idoralarning 2016-2021 yillardagi hamkorligi dasturini qabul qilishdi.

Shuningdek, ShHT va BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi kotibiyatlari o‘rtasida o‘zaro tushunish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjat ostiga o‘z imzolarini ShHT bosh kotibi Dmitriy Mezentsev va BMT bosh kotibi o‘rinbosari Shamshod Axtar qo‘ydilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish