Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
23 dekabrdan Moskva metrosida kutubxona-poyezd ishga tushadi
23 dekabrdan Moskva metropolitenining Kaluga-Riga chizig‘ida kutubxona-poyezd harakatlana boshlaydi. Bu haqda Moskva hokimi va hukumatining rasmiy portali xabar berdi.
“Metroda kitoblar va yozuvchilarga bag‘ishlangan poyezd ishga tushiriladi. “O‘quvchi Moskva” sostavi 23 dekabrdan Kaluga-Riga chizig‘ida harakatlana boshlaydi. U kutubxona shaklida jihozlangan, javonlar fonida esa kitoblardan parchalar hamda jahon adabiyoti mumtoz namoyandlaridan iqtiboslar joylashtirilgan”, - deyiladi xabarnomada.
Yo‘lovchilar mashhur insonlarning shaxsiy kutubxonalaridan kitoblarni bepul ko‘chirib olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, metro bekatlarini mashhur yozuvchilarning ovozlari e'lon qiladi. Bekatlarni e'lon qilishdan tashqari, bu ovozlar o‘quvchilarga qanday kitoblarni o‘qishni maslahat beradi.
“Yangi poyezdda birinchi marta metro chiziqlarining badiiy sxemasini ko‘rish mumkin bo‘ladi. U Moskvaning adabiy noyobliklari yo‘nalishini belgilab olish imkonini beradi”, - ta'kidladi hokimiyatning matbuot xizmati.