Jahon | 14:43 / 16.12.2015
4251
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh: IShID Suriyadan tashqaridagi neft aktivlarini egallashni rejalashtirmoqda

IShID terrorchilari Suriya hududidan tashqaridagi ayrim neft aktivlarini egallab olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi nomi keltirilmagan amerikalik mansabdorga tayangan holda yozmoqda.

Uning ma'lum qilishicha, AQSh hujum obektlariga aylanishi mumkin bo‘lgan konlar, quvurlar, texnika yo‘nalishlari va infrastrukturani sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Maqsadlar orasida nafaqat Liviya, balki Sinay yarim oroli ham bordir.

“Ular Liviya va boshqa mamlakatlarning neft konlarini ko‘z ostiga olmoqda. Biz tayyor turamiz”, - ta'kidladi mulozim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish