Jahon | 23:00 / 16.12.2015
6112
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston mudofaa vaziri Turkiyani IShIDga ko‘mak berayotganlikda aybladi

Armaniston mudofaa vaziri Seyran Oganyan Turkiyani IShID jangarilariga ko‘mak berayotganlikda aybladi, deb xabar bermoqda “Novosti-Armeniya” nashri.

Oganyan bu haqda Gretsiya milliy mudofaa vaziri Panayotis Kammenos bilan birga bergan matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

“Qo‘shnilarimiz bilan muammolar bizni xavotirlantirmoqda”,, deb aytdi Oganyan va xalqaro hamjamiyat mintaqani kuzatayotgani va mintaqada IShIDga yordam berayotgan Turkiya kabi davlatlar borligini qo‘shimcha qildi.

Oganyanning ta'kidlashicha, bunday faoliyat terrorchilikka qarshi xalqaro kurashga putur yetkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish