Sport | 15:40 / 16.12.2015
3265
2 daqiqa o‘qiladi

"Astana" jamoasi homiylardan keyingi mavsum uchun 45 mln dollar so‘radi

Qozog‘istonning "Astana" klubi homiylardan kelgusi mavsum uchun 45 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ so‘radi.

Mazkur summani "Samruk-Qazina" direktori Darxan Kaletayev mahalliy televideniyega bergan intervyusida ma'lum qilgan. Shuningdek, u klub byudjyeti 15 yanvaracha tasdiqlanishini ta'kidlab o‘tgan.

"Bu yil yangi baza qurilishi bilan qo‘shib hisoblaganda byudjyet 45-47 millionni tashkil qiladi. Ular hozircha shuncha so‘rashdi. Endi hisoblab chiqishimiz kerak. UYeFA tomonidan beriladigan reklama huquqi asosidagi va YeChLdagi ishtirok uchun to‘lanadigan mukofot pullarini bundan ayirib tashlash mumkin. Agar yillik byudjyetni 38 million deb hisoblasak, klub allaqachon uning yarmini ishlab topdi. Bu quvonarli holat. Agar vaziyat kelgusi yilda ham shu tarzda davom etsa, bunday byudjyetni bemalol tasdiqlash mumkin bo‘ladi” – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Stanimir Stoylov murabbiyligidagi jamoa bu mavsumda mamlakat chempionligi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Kubok finaligacha yetib bordi. Yevropa chempionlar ligasida 4 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish