Ukraina ichki ishlar vaziri Saakashvilining yuziga suv sepgani videosini e'lon qildi
Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Odessa viloyati hokimi Mixail Saakashvili bilan bo‘lib o‘tgan ixtilof qayd qilingan videoni internetga joylashtirdi. Eslatib o‘tamiz, janjal kecha milliy islohotlar kengashi yig‘ilishida sodir bo‘lgan.
Videoda huquq-tartibot idorasi rahbari Saakashvilining korrupsiya to‘g‘risidagi ayblovlari asossizligini aytadi, Saakashvilini “o‘g‘rivachcha” deb atab, “ovozini o‘chirish”ni talab qiladi. Bunga javoban Odessa hokimi Avakovning aslida o‘g‘riligini, hukumatning o‘zi korrupsiyaga boshchilik qilayotganini isbotlashini ta'kidlaydi. Dahanaki jangdan so‘ng Avakov yonidagi stakanni olib, ichidagi suvni Saakashvilining yuziga sochib yuboradi. Suv hokimning ikki tomonida o‘tirgan tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin va adliya vaziri Pavel Petrenkolarga ham tegadi. Voqeadan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari tarqala boshlaydi.