Jahon | 19:47 / 16.12.2015
2660
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada Parijdagi teraktlarga aloqador ikki kishi qo‘lga olindi

Avstriyaning Zaltsburg shahrida Yevropaga Parijda teraktlar amalga oshirgan guruh bilan birga kirgan ikki erkak hibsga olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, millati jazoirlik va pokistonlik bo‘lgan ikki fransuz o‘zlarini muhojirlar qilib ko‘rsatishgan, ayni paytda ular Fransiya va Avstriya huquq-tartibot muassasalari vakillari tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Avstriya ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili ushbu holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish