Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:30 / 16.12.2015
8135
1 daqiqa o‘qiladi
IShID Turkiyaning Iroqdagi bo‘linmasiga hujum qildi
IShID jangarilari Iroq shimolida joylashtirilgan Turkiya harbiylari ustiga raketa zarbalari yo‘llashni boshladi. Bu haqda kurd harbiylariga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Manbaning aytishicha, IShID tasarrufidagi Mosul shahri yaqinida joylashgan turk bazasiga raketalar yo‘llangan.
Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqara Iroqdagi harbiylarini saqlab qolishi haqida aytgandi.