Sport | 08:01 / 16.12.2015
3001
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil chempionati doirasidagi o‘yinda tribunada granata portlatmoqchi bo‘lishdi

Isroilning "Beytar" jamoasi muxlisi milliy chempionat doirasida "Xapoel" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida qo‘lga olindi.

"Sport-ekspress" xabariga ko‘ra, ushbu muxlis safar o‘yiniga raqib jamoa muxlislariga qarata falaj qiluvchi granata uloqtirmoqchi bo‘lgan. U qo‘lga olinib, qamoqqa tashlangan.
Bu voqea bilan bir vaqtda ikki jamoa muxlislari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv boshlangan va birn necha kishi jiddiy jarohatlar olgan.

Politsiya bu to‘qnashuv aybdorlarini izlamoqda.

Isroillik siyosatchilar bu fan-klublarni jinoyatchi guruhlar sifatida baholab, ularni tarqatib yuborishni talab qilishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish