Jamiyat | 09:23 / 16.12.2015
1806
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliningraddagi mushaklar sotiluvchi do‘konda yong‘in chiqishi natijasida 7 kishi jabrlandi

Rossiyaning Kalinigrad shahridagi "Siti" savdo markazida joylashgan mushaklar sotiluvchi do‘konda yong‘in yuz berib, bir kishi halok bo‘ldi va 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.

FVVning Kaliningrad viloyati bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, 2 kishi is gazidan zaharlanishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan va ularning ahvoli og‘ir.

Yong‘in ushbu savdo markazining birinchi qavatidagi 20 kv m hududdagi maydonini qamragan. Bu vaqtda binodan 150 kishi evakuatsiya qilingan.

Yong‘inni bartaraf qilish ishlariga 50 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 16ta texnik vosita jalb qilingan.

Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish