Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik rohib KXDRda umrbod qamoqqa hukm qilindi
Kanadalik 60 yoshli rohib Lim Xyon Su Pxenyanda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Jazo muddati mehnat koloniyasida o‘taladi.
Hukm Oliy sud binosida mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar guvohligida e'lon qilindi. Sudda TASS va Sinxua agentliklari muxbirlari hamda KXDRda AQSh va Kanada vakili hisoblangan Shvetsiya elchixonasi xodimlari ishtirok etdi.
Rohib “KXDR oliy rahbariyati qadr-qimmatini haqorat qilish, chet ellardagi diniy yig‘inlarda mamlakatdagi ijtimoiy tizimni ag‘darishga chaqirish”da ayblandi.
Bundan tashqari u Shimoliy Koreya qochqinlariga yordam berganlikda respublika hududida yashirin diniy bo‘linmalar tuzishda aybdor deb topildi.
Lim Xyon Suning advokati o‘z himoyasidagi shaxsning hayotini saqlab qolib, u “KXDRning gullab-yashnashi hamda Shimol va Janubning tinchlik yo‘li bilan birlashishiga guvoh bo‘lishi”ga imkon yaratishni so‘radi.
Rohib aybini tan olib, suddan rahm-shafqat so‘radi.
Lim Xyon Su Pxenyanga shu yilning yanvarida gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mamlakatga kirib kelganida hibsga olingan edi.
Sudda u bunday faoliyat “mahalliy aholi ishonchini qozonish uchun niqob” ekanligini tan oldi.