Jahon | 09:47 / 16.12.2015
10022
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Rossiyadan sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilishi bilanoq olinadi

Ukraina bo‘yicha Minsk kelishuvlari qanchalik tezroq bajarilsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar shunchalik tezroq bekor qilinadi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin AQSh Davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, Minsk kelishuvlari bo‘yicha majburiyatlarni amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish kerak va Ukrainadagi ixtilofni hal qilish uchun sa'y-harakatlarni davom ettirish lozim. Minsk kelishuvi qanchalik tez bajarilsa, AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalari shunchalik tez bekor qilinadi”, deb aytdi Kerri.

Avvalroq Kerri Minsk kelishuvlarining bajarilishi bo‘yicha javobgarlik Ukrainadagi ixtilofning barcha tomonlari zimmasida ekanligini aytgandi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Putin va Kerri o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarni aniq va mavzuga oid bo‘ldi, deb aytdi. Lavrovning aytishicha, uchrashuv chog‘ida Suriya masalasi bo‘yicha oldinga siljish asosiy vazifa qilib belgilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish