Sport | 17:47 / 16.12.2015
3510
1 daqiqa o‘qiladi

Marca: Gvardiola "Bavariya"dan ketishga qaror qildi

Germaniyaning «Bavariya» futbol klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Myunxen jamoasi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilib bo‘lgan, deya xabar bermoqda Marca.

Manbaning xabar berishicha, kataloniyalik mutaxassis bu borada «Bavariya» rahbariyatini ogohlantirishga ulgurgan.

Myunxenliklar klubi murabbiyga bir mavsum uchun 20 million yevro berish sharti kiritilgan yangi shartnoma taklif qilgandi. Biroq Gvardiola bu taklifni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» va Gvardiola o‘rtasida tuzilgan amaldagi shartnoma 2016 yilning yozida poyoniga yetadi. Murabbiyning o‘zi Germaniya kubogi doirasidagi «Darmshtadt»ga qarshi uchrashuvdan keyin (1:0) hozircha, kelajagi borasida bir qarorga kelmaganini, bu haqda kelgusi haftada ma'lumot berishini ta'kidlab o‘tgandi.

Oldinroq, Gvardiola «Manchester Siti» klubini boshqarish borasida kelishuvga erishib bo‘lgani haqida bir necha xabarlar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish