Jahon | 18:33 / 16.12.2015
4427
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyadagi portda rossiyaliklarning 27ta kemasi tutib turilibdi

Habertürk gazetasida yozilishicha, Turkiyadagi portlardan birida Rossiyaga tegishli 27ta kema ushlab qolingan. Bu haqda vaziyatga aloqador manbalarga asoslanib, xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, bunga Rossiya tomonidan Turkiya bayrog‘i ostidagi sakkizta kemaning ushlab qolinishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Hozircha voqeaning batafsil ma'lumotlari chop etilmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish