Jahon | 19:10 / 16.12.2015
3548
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik missiyasi 27ta kemaning qo‘lga olingani borasidagi xabarlarni tasdiqlamadi

Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik missiyasi 27ta kemaning qo‘lga olingani borasidagi xabarlarni tasdiqlamadi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Su-24 voqeasidan keyin Rossiya tomonidan Turkiya qo‘llagan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlardan keyin Rossiya kemalarining turk portlarida ushlab qolinishi kabi holatlar kuzatilmadi», — deya gapirib o‘tgan Rossiya elchixonasi matbuot kotibi Igor Mityakov.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, rus kemalarining hisbga olingani haqida ham hech qanday ma'lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyaning Habertürk nashri Turkiya portida 27ta rossiya kemalari qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish