Jahon | 21:21 / 16.12.2015
7453
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Avakov bilan janjallashgani tasvirlangan videoga izoh berdi

Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili o‘zining Facebook’dagi sahifasida Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov tomonidan chop etilgan u bilan Avakov o‘rtasidagi janjal tasvirlangan videoga izoh berdi. Janjal paytida Avakov Saakashviliga stakandagi suvni sepib yuborgan.

“Bosh vazirni o‘g‘ri deb aytishga majbur bo‘lganimdan afsusdaman, biroq bu haqiqat ekanligidan yana ham ko‘proq afsusdaman. Men bosh vazir va ichki ishlar vaziriga nisbatan “o‘g‘rilar” so‘zini ishlatdim va bu so‘zimni inkor etmayman”, deb yozdi Saakashvili.

Avakov bu videoni 16 dekabrda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chop etdi. Avakov va Saakashvili o‘rtasidagi to‘qnashuv 14 dekabrda islohotlar milliy kengashi yig‘ilishi paytida yuz berdi. Avakovning aytishicha, u Saakashvili tomonidan unga korrupsiya bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarga chidab tura olmagan va uning yuziga suv sepib yuborgan. Avakov janjal paytida qo‘pol so‘zlar ishlatgan va bu ishi uchun Ukraina prezidentidan tanbeh olgan. Poroshenko undan bunday so‘zlarni ishlatmaslikni so‘ragan.

15 dekabrda Ukraina prezidentining matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko Saakashvili va Avakov o‘rtasidagi janjal “mamlakatga isnod kelitirishini” aytgan.