Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Rossiyadan beshta S-400 zenit-raketa kompleksini sotib oladi
Hindiston Rossiyadan 5 dona yangi avlod S-400 ("Triumf") zenit-raketa kompleksini sotib oladi, deya xabar bermoqda Hindustan times.
Shartnoma qiymati 400 mlrd rupiy ($6 mlrd)ni tashkil etadi. U Hindiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida imzolanib, 6 mingta o‘q-dorini ham o‘z ichiga oladi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, hamkorlikdagi rejalar haqidagi rasmiy bayonot Hindiston bosh vaziri Narendra Modining 23-24 dekabr kunlari Rossiyaga ilk bor uyushtirayotgan tashrifi chog‘ida e'lon qilinishi mumkin. Undan ilgari esa bunday turdagi yirik mudofaa savdolarini tasdiqlovchi Hindiston mudofaa xaridlari bo‘yicha Kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Bunday avvalroq Hindiston Mudofaa vaziri Manoxar Parrikar TASSga bergan intervyusida tomonlar bosh vazirning Moskvaga tashrifi doirasida S-400 kompleksini sotib olish bo‘yicha kelishuvga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qilgan edi.
S-400 "Triumf" – Rossiya zenit-raketa tizimi bo‘lib, 400 kilometrgacha masofada joylashgan zamonaviy va istiqbolli havo-koinot vositalarini urib tushirishga mo‘ljallangan.