Jahon | 14:57 / 17.12.2015
2621
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari 19 dekabr kuni Shveytsariyada uchrashadi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston prezidenti Serj Sargsyan 19 dekabr kuni Shveytsariyaning Bern shahrida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Sargsyanning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

“Prezident Serj Sargsyan 2015 yilning 18 dekabr kuni Shveytsariya Konfederatsiyasiga, Bernga ishchi tashrif bilan yo‘l oladi, u yerda 19 dekabr kuni YeXHT Minsk guruhi hamraislari vositachiligida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi”, - deyiladi rasmiy xabarnomada.

Uchrashuvni Shveytsariyaga ko‘chirish haqidagi qaror Parij teraktlaridan so‘ng qabul qilindi. Dastavval muzokaralar Fransiya poytaxtida o‘tishi lozim edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish