Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin katta yuk mashinalaridan undiriladigan soliqning bekor qilinishini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir Rossiyaning barcha markaziy kanallari orqali efirga uzatilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Putin “Platon” tizimi orqali katta yuk mashinalarining federal yo‘llardan o‘tishi uchun undiriladigan soliq bekor qilinishini ishontirib aytdi. Uning ta'kidlashicha, barcha kategoriyadagi avtomobillardan olinadigan transport soliqlarini nolga tushirish masalasi hukumatda muhokama qilingan.
Ammo viloyat va boshqa ma'muriy bo‘linmalar hokimlari bunga qarshi chiqmoqda, negaki soliq mablag‘lari aynan mintaqaviy byudjyetlarga ketadi.
“Lekin hech bo‘lmaganda federal yo‘llardan o‘tganlari uchun to‘lashga majbur bo‘layotgan katta yuk mashinalari uchun bu ishni qilish kerak. Hukumat yaqin orada, yil boshida, bu ishni amalga oshirishiga umid qilaman”, - deb ta'kidladi Putin.