Jahon | 15:07 / 17.12.2015
18022
1 daqiqa o‘qiladi

Putin matbuot anjumanini latifadan boshladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.

“Komsomolskaya pravda” gazetasi muxbirining mamlakat qachon inqirozdan chiqishi haqidagi savoliga javoban Putin “oq va qora haqida siyqasi chiqqan” latifani aytib berdi.

“Ikki do‘st uchrashibdi, biri ikkinchisidan so‘rabdi:
- Ishlaring qanday?
- Hozir hayotimda qora chiziq.
Yarim yildan so‘ng:
- Endi ishlaring qanday?
- Qora chiziq?
- Shoshma, ilgariyam qora deganding...
- Yo‘q, ilgari oq bo‘lganini tushundim”.
Bu latifadan so‘ng, Putin savolga javob bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish