Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk kompaniyalari JCh-2018 stadionlari qurilishidagi ishtirokini davom ettiradi
Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev turk pudratchi kompaniyalari futbol bo‘yicha Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati stadionlari qurilishidagi ishlarini davom ettirishini ma'lum qildi.
“Turk kompaniyalari 2018 yildagi futbol bo‘yicha jahon chempionati stadionlarini qurishadi va tuzilgan barcha qolgan shartnomalar ham amalga oshiriladi”, - deya Ulyukayev so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “R-sport”.
Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 24 noyabr kuni Suriya-Turkiya chegarasi yaqinida Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti turk harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgandan so‘ng keskinlashgan edi.