Sport | 18:54 / 18.12.2015
4351
1 daqiqa o‘qiladi

Anchelotti "Bavariya"da yiliga 15 mln yevro maosh oladi

"Bavariya" jamoasi italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Football Italia nashri xabariga ko‘ra, Anchelotti keyingi 3 mavsum davomida myunxenliklar jamoasini boshqarib boradi va yiliga 15 million yevro miqdorida maosh oladi.

Bundan oldinroq ham Marca nashrida Anchelotti "Bavariya" bilan 3 yillik shartnoma tuzishi haqida xabar qilingandi.

Keyingi hafta boshida bu kelishuv haqida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya"ning hozirdagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Myunxen jamoasi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

U yangi mavsumda Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalaridan birini boshqarishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish