Jahon | 18:14 / 18.12.2015
3931
1 daqiqa o‘qiladi

Asadlar oilasining do‘sti Livan prezidentligiga harakat qilib ko‘rmoqchi

Suriya prezidenti Bashar Asadning oilaviy do‘sti bo‘lmish siyosatchi Sulaymon Franjye Livan prezidentligi saylovlarida ishtirok etishi haqida Reuters agentligiga ma'lumot berdi.

Lekin hozircha uning saylovoldi poygasiga qo‘shilishi borasida biror rasmiy ma'lumot yo‘q.

Livan sobiq prezidentining nabirasi bo‘lmish Franjye Kichkina ilgari tashqi ishlar vaziri edi. Ikki davlat prezidentlari birgalikda ovga chiqib turgani uchun u Asadlar oilasi bilan bolalikdan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish