Jahon | 14:27 / 18.12.2015
11910
2 daqiqa o‘qiladi

G‘arb: "Asad narsalarini yig‘ishtirib, ketishga tayyorlanmoqda"

Suriya prezidenti Bashar Asad NPO2 telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, G‘arb davlatlari Suriyadagi hukumatni o‘zgartirish maqsadida mamlakatdagi urushlarni uzoqroq davom ettirishga tayyor.

"Muammo shundaki, ular Suriyaning amaldagi hukumatini ketkazish uchun shu vaqtgacha jangarilarga yordam ko‘rsatib kelishmoqda edi. Bu holatda mamlakatdagi vaziyat yanada taranglashtirdi", deydi u.

U G‘arb tomonidan o‘zining almashtirilishi bo‘yicha qarashlari vaziyatga qarab o‘zgarganiga istehzo bilan munosabatda bo‘lgan.

"Avvaliga ular mening narsalarimni yig‘ishtirib, ketish taraddudiga tushganim" haqida aytishayotgandi. Endi esa ular "qolishim mumkinligini" ta'kidlashmoqda", deydi Suriya prezidenti.

Bundan oldinroq, Reuters agentligi Moskva o‘tish jarayoni doirasida Asadning ketishiga tayyorligi haqida xabar bergandi.

Shuningdek, AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati vakili Vena guruhi ichida Bashar Asadning taqdiri bo‘yicha kelishmovchiliklar saqlanib qolayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish