Jahon | 15:57 / 18.12.2015
2256
1 daqiqa o‘qiladi

Karter Afg‘onistonga rejadan tashqari tashrifni amalga oshiradi

AQSh Mudofaa ishlari vaziri Eshton Karter Afg‘onistonga oldindan rejalashtirmagan holda tashrif buyuradi va mahalliy hukumat rahbarlari bilan uchrashadi.

U o‘z tashrifi davomida AQShning Afg‘onistondagi harbiylari va qo‘mondonlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Karterning tashrifi "Tolibon" jangarilarining hududdagi faollashuvi kuchaygan va mintaqadagi xavfsizlik darajasi pasaygan vaqtda amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, 2015 yilda "Tolibon" jangarilarining hujumlari tufayli halok bo‘lganlar soni 2014 yildagidan ko‘proqni tashkil qildi.

Bundan oldinroq, Karter Iroqqa ham oldindan rejalashtirilmagan tashrif bilan kelishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish