Jamiyat | 09:27 / 18.12.2015
2429
2 daqiqa o‘qiladi

Mixalkovning “Quyosh zarbasi” “Oskar”ga nomzod filmlar ro‘yxatiga kira olmadi

Rossiyalik rejissyor Nikita Mixalkovning “Quyosh zarbasi” kinokartinasi “Oskar” mukofotining “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha nomzod filmlar ro‘yxatiga kira olmadi. Nomzod-filmlar short-listi Amerika kinoakademiyasi mukofotlari saytida e'lon qilindi.

Dastlabki 80ta kartinaning 9tasi yakuniy ko‘rib chiqish uchun saralab olindi:
“Yangi vasiyatnoma” (The Brand New Testament) — Jako Van Dormal, Belgiya
“Ajdarning quchog‘i” (Embrace of the Serpent) — Siro Gerra, Kolumbiya
“Urush” (A War) — Tobias Lindxolm, Daniya
“Qilichboz” (The Fencer) — Klaus Xyaryo, Finlyandiya
“Mustang” (Mustang) — Deniz Gamze Ergyuven, Fransiya
«Yolg‘on labirinti” (Labyrinth of Lies) — Julio Richcharelli, Germaniya
“Saulning o‘g‘li” (Son of Saul) — Laslo Nemesh, Vengriya
“Viva” (Viva) — Peddi Bretnek, Irlandiya
“Iftixor” (Theeb) — Naji Abu Novar, Iordaniya
Mixalkovning filmi Rossiya tomonidan “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida ilgari surilishi 21 sentabrda e'lon qilingan edi.

Mazkur kartina Ivan Buninning “Quyosh zarbasi” (1925) nomli hikoyasi va 1918-1920 yillardagi “La'natlangan kunlar” kundaliklari asosida tasvirga olingan. Filmning dunyo premerasi 2014 yilning 3 oktabr kuni Belgradda bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish