Jahon | 12:16 / 18.12.2015
2978
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston MDH raisligi bo‘yicha o‘z konsepsiyasini tayyorladi

Qirg‘iziston 2016 yildagi MDH raisligi bo‘yicha konsepsiyani tayyorladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Emil Kaykiyev ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston raisligi vaqtida tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, davlat chegaralari himoyasi, terrorizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash,

favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish va ularni bartaraf etish, savdo-iqtisodiy,oliy ta'lim, yuqori toifali mutaxassislar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, ilmiy, innovatsion texnologiyalar, madaniyat, sportni rivojlantirish, yoshlar masalalari sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga asosiy e'tibor qaratiladi.

“Qirg‘iziston MDHning beshta tashkiloti: MDH davlatlari rahbarlari kengashi, hukumat rahbarlari kengashi, tashqi ishlar vazirlari kengashi, iqtisodiy kengash va MDH a'zo-davlatlarining doimiy vakillari kengashiga raislik qiladi”, - dedi Emil Kaykiyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish