Jahon | 17:28 / 18.12.2015
35682
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda zo‘rlangan 12 yoshli qiz homilador bo‘lib qoldi

Qozog‘istonning Mang‘ishloq viloyati Qulonli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 12 yoshli qizaloq qishloqdosh erkak tomonidan zo‘rlab ketildi. Biroz muddatdan so‘ng u homilador bo‘lib qolgani aniqlandi.

Mahalliy matbuotda yozilishicha, qizaloqning g‘alati xulq-atvori onasining shubhasini keltirib chiqargan. 40 yoshli ayol uni shifokor ko‘rigiga olib borgan. Ultratovushli tadqiqot qizning homilador bo‘lib qolganini tasdiqlagan. Voyaga yetmagan qizning onasi shu zahotiyoq politsiyaga murojaat qilgan.
Hozir bu masala bilan politsiyachilar va psixologlar shug‘ullanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish