Jahon | 17:11 / 18.12.2015
2661
1 daqiqa o‘qiladi

ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining yangi rahbari Rossiya vakili bo‘ladi

2016 yilning yanvaridan boshlab general-polkovnik Yevgeniy Sisoyev ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) rahbari sifatida ish boshlaydi.

56 yoshli Sisoyev 2013 yilning martidan buyon Rossiya FXX va Milliy aksilterror qo‘mita rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Ayni vaqtda ShHT tarkibidagi bu tuzilma rahbari Xitoy Xalq respublikasi general Chjan Sinfen hisoblanadi. Undan oldin esa bu lavozimda navbati bilan O‘zbekiston vakili general-mayor Vyacheslav Kasimov (2004-2006 yillar), Qirg‘izston vakili general-polkovnik Mirzaxon Subanov (2007-2009 yillar) va Qozog‘iston vakili general-leytenant Jyenisbek Jumanbekov (2010-2012 yillar) rahbarlik qilishgan.

ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. ShHT tarkibida Mintaqaviy aksilterror tuzilma (MATT) tashkil qilingan. Uning shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish