Jamiyat | 09:43 / 18.12.2015
4326
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ikki qotil qatl qilindi

Yaponiyada juma, 18 dekabr kuni o‘lim jazosi tayinlangan ikki qotil qatl qilindi, deb xabar bermoqda NHK.

Ulardan biri 2009 yilda bir oiladan uch kishining umriga zomin bo‘lgan edi. Ikkinchi jinoyatchi esa 2006 yilda o‘g‘rilik paytida ikki kishining joniga qasd qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Sindzo Abe hukumat tepasiga kelgach, o‘lim jazosi Yaponiyada 14-marta joriy qilindi.

Mamlakatdagi o‘lim jazosi osib o‘ldirish bilan amalga oshiriladi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Yaponiyadan oliy jazoni bu tariqa amalga oshirmasligini so‘rashadi. Ayni damda esa mamlakat aholisi orasidan ko‘pchilik ushbu usulni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish