Jahon | 10:36 / 19.12.2015
2227
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘dod BMTdan Iroq shimoliga Turkiya qo‘shinlari kirishini qoralashni so‘radi

Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Ja'fariy BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilib, mamlakat shimoliga Turkiya qo‘shinlarining kirib kelishi yuzasidan rezolyutsiya qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, rezolyutsiya “turk okkupatsiyasi”ni qoralashi hamda “davlat irodasiga qarshi noqonuniy bostirib kirish”ni aks ettirishi lozim.
Shuningdek, vazir rezolyutsiyada Turkiyadan darhol qo‘shinlarni olib chiqib ketishni va bunday bir tomonlama harakatlarni boshqa takrorlamaslikka undashi lozimligi ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Turkiya qurolli kuchlari bir yarim yildan buyon IShID nazorati ostida bo‘lgan Mo‘sul shahri atrofiga o‘z otryadlarini yuborgan edi. Harbiylarga jangarilarga qarshi kurashayotgan kurd ko‘ngillilarini mashq qildirishi vazifasi qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish