Jahon | 19:55 / 19.12.2015
4641
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Damashq Avliyo onasi cherkoviga tashrif buyurdi

Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqdagi qadimiy cherkovda Rojdestvo oldi ibodatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Davlat televideniyesi Asad o‘z rafiqasi bilan kechasi Damashq Avliyo onasi cherkoviga tashrif buyurgani videosini namoyish qildi. Asad u yerda cherkov xori bilan suhbatlashdi va ibodatxonaning bosh zalida xorning chiqishini tingladi.

18 dekabrda Damashqning eski qismida joylashgan cherkov yonidagi hudud minomyotlardan o‘qqa tutilgan. Cherkov Suriya armiyasi va qurollangan muxolifat o‘rtasida janglar ketayotgan joydan uncha uzoqda joylashmagan.

Avvalroq AQShdagi Suriya muxolifatining milliy koalitsiyasi vakili Najib Gadban Suriya muholifati o‘tish jarayoni davomida Bashar Asad bilan muzokaralar o‘tkazish zarur, deb hisoblashini aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish