Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:02 / 19.12.2015
2710
1 daqiqa o‘qiladi
BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyani muxolifat bilan muzokaralar va saylovlarga chaqirmoqda
Suriya rasmiy hukumati va muxolifat yanvar boshidan muzokaralarga kirishishi lozim, deyiladi BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada.
Hujjatda ta'kidlanishicha, mamlakatda siyosiy o‘tish davriga yarim yil ajratiladi. Bundan tashqari, bir yarim yil ichida mamlakatda saylovlar o‘tkazish qarori ham hujjatda aks etdi.