Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda parlament saylovida ishtirok etadigan nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Eron Markaziy saylov komissiyasi Majlis deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni boshladi. Ro‘yxatga olish 6 kun davom etadi. Saylovlar 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bir palatali parlamentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan 290 deputat 4 yil muddatga saylanadi.
Ro‘yxatga olingan nomzodlar deputatlikka da'vogarlar uchun maxsus talablarga javob berish-bermasligini ko‘rsatishi uchun kvalifikatsion attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiya seshanba kuni boshlanib, 10 kun davom etadi. Uni respublikaning nazorat organlaridan biri bo‘lgan kuzatuv kengashi o‘tkazadi.