O‘zbekiston | 15:44 / 19.12.2015
2585
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda «Ishlamaydigan» qonun normalarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish taklif etildi

2015 yil 19 dekabr kuni Jizzax viloyat Moliya boshqarmasining majlislar zalida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi bilan O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi hamkorligida Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi «Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat» nomli ma'ruzasida ilgari surilgan g‘oya va fikrlardan kelib chiqadigan vazifalarni belgilash va mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan seminari o‘tkazildi.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti press-relizida keltirilishicha, yig‘ilishda so‘z olganlar Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalarining amaldagi qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish, «ishlamaydigan» va o‘zaro zid normalarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini davom ettirish lozimligi ta'kidlandi.
Ta'kidlanganidek, prezidentimizning ma'ruzasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazishni aniq tartibga soladigan, eng muhimi, aholini qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan keng xabardor etib borishga qaratilgan maxsus qonun hujjatini qabul qilish va amalga oshirish borasida ilgari surilgan tashabbus mazkur sohadagi vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.
Qo‘shma yig‘ilishda fraksiya va partiyaning 2016 yilgi ish dasturini ma'ruzada belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib shakllantirish kelishib olindi va tegishli qaror qabul qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish