Jahon | 16:28 / 19.12.2015
2424
1 daqiqa o‘qiladi

Mogerini 21 dekabr kuni Qozog‘istonga keladi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini 21 dekabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonaga tashrif buyuradi. Bu haqda respublika TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Mogerini xonim “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish maqsadida Qozog‘istonga kelmoqda.

Uchrashuv 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston TIV delegatsiyasiga vazir Yerlan Idrisov, YeI delagatsiyasiga esa Federika Mogerini boshchilik qiladi.
Uchrashuvga Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari yoki ularning o‘rinbosarlari qo‘shilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish