Jahon | 09:10 / 19.12.2015
3922
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: Asad o‘z lavozimini tark etishi kerak

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya prezidenti Bashar Asad “qon to‘kilishi” to‘xtashi uchun o‘z lavozimini tark etishi kerak, deb aytdi.

Obama bu haqda NBC telekanali orqali efirga uzatilgan matbuot-anjumanida aytdi.

“Mening fikrimcha, Asad ketishi kerak”, deb aytdi Obama va Suriya prezidenti Suriyaning ko‘pchilik fuqarolari ko‘z o‘ngida o‘z mavqeini yo‘qotganini qo‘shimcha qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish